"Napoli" Rasmus Xoylund transferini e’lon qildi
"Napoli" rasman "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Daniyalik forvard italiyaliklar safiga ijara asosida, majburiy sotib olish sharti bilan qo‘shildi.
OAVning xabarlariga ko‘ra, "Napoli" hujumchining ijarasi uchun 6 million evro to‘laydi, to‘liq transfer esa 44 million evroga tushishi mumkin. Biroq, sotib olish shartnomasi faqat klub Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olsa kuchga kiradi.
O‘tgan mavsum APL doirasida Xoylund 32 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.
Fikrlar