"Napoli" Insineni katta miqdorda jarimaga tortdi

  • 26 noyabr, 2019, 17:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi rahbariyati jamoa sardori Lorentso Insineni katta jarima bilan jazolashga qaror qilgan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra italiyalik futbolchi 350 ming evro jarima to‘laydigan bo‘ldi. Gap shundaki, 28 yoshli Insine klub prezidenti Aurelio De Laurentisning qaroriga qarshi bosh ko‘tarishda etakchi bo‘lganlikda ayblashgan.

Eslatib o‘tamiz, qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalardan so‘ng prezident “Napoli” futbolchilarini jamoa qarorgohida yopiq tarzda olib qolish haqida buyruq bergan. Biroq, ayrim futbolchilar bunga bo‘ysunmasdan uylariga ketib qolishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!