“Napoli” birdaniga butun tarkibni yangilaydi

  • 23 mart, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiyaning qudratli klublaridan biri – “Napoli” yozgi transferlar oynasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ma’lumot berdi.

Manba ko‘ra, klub rahbariyati kamida sakkiz nafar yangi futbolchi, xususan, darvozabon, qanot himoyachisi, ikki nafar markaziy himoyachi, markaziy yarim himoyachi va qanot hujumchilari olishni rejalashtirmoqda.

Bu yil chempionlik uchun kurashayotgan neapolliklar yaqinda asosiy o‘yinchilaridan biri Xvicha Kvaratsxeliyani PSJga sotib yubordi. Shuningdek, asosiy to‘purar Romel Lukaku ham yozda klubni tark etadi. “Napoli” mutasaddilari birinchi navbatda mana shu ikki yulduzni o‘rnini bosa oladigan charm to‘p ustalarini olishga qaror qilgan.

Ayni paytda “Napoli”da Antonio Konte bosh murabbiylik qilmoqda. Skudetto uchun kurashda Konte shogirdlari asosan “Inter” va “Atalanta” bilan raqobatlashyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!