MYuning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi yana jarohat oldi

  • 4 mart, 2019, 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches yana jarohat oldi. Bu haqda Telegraph nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 29 yoshli chililik futbolchining tizzasidan olgan jarohati jiddiy bo‘lib, u kamida 6-8 hafta maydonga tusholmasligi mumkin. Endi u kamida aprel oyi oxirigacha “dam oladi”.

Eslatib o‘tamiz, Sanches MYu safida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Uning yillik maoshi 29 mln evroni tashkil etadi. U joriy mavsum bor yo‘g‘i 23ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!