
Myullerning keyingi manzili AQSh bo‘ladi
Tomas Myuller faolitini MLSda davom ettirishi mumkin.
"Sky Sport" ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachi MLSning ikki klubidan biriga o‘tishi mumkin. Futbolchi faoliyatini davom ettirish variantlaridan biri "Bavariya"ning hamkori hisoblangan "Los-Anjeles" klubi.
Myullerning yangi klubi yaqin 7-10 kun ichida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda. Tomas o‘tgan mavsum yakunida "Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etdi. Nemis futbolchi 2000 yildan beri klub tizimida bo‘lib, 2007 yilda asosiy jamoada debyut qilgan edi.
Myunxenliklar safida yarim himoyachi 13 marta Bundesliga g‘olibiga aylangan, 6 marta Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan, 8 marta mamlakat Superkubogini yutgan hamda 2 martadan Chempionlar ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Fikrlar