MYuda qolishni xohlayotgan Errera PSJ bilan kelishuvga erishdi

  • 10 aprel, 2019, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Ander Errera yozda aniq jamoani tark etadi.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli ispaniyalik futbolchi PSJ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Uning Parijdagi haftalik maoshi esa 200 ming funtni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Errera hozir MYuda haftasiga 80 ming funt maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Errera “Manchester Yunayted”da qolishni xohlayotgani, ammo “qizil iblislar” taklif qilayotgan shartnoma unga ma’qul kelmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Errera joriy mavsum MYu safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!