
MYu zo‘r futbolchi topdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yozgi transferlar vaqtida jamoa himoya chizig‘ini mustahkamlash borasida bosh qotirmoqda.
Norvegiyalik mutaxassis klub rahbariyatidan “Torino”da ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan braziliyalik Gleyson Bremerni sotib olishni so‘rayapti. 24 yoshli futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yarmigacha amal qiladi va kelasi yozda uning transferi ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Manchesterliklar Bremer himoyada Rafael Varan va Harri Maguayr bilan raqobatlasha olishiga va Fil Jons va Erik Bayining o‘rnini bosishiga ishonishmoqda.
Bremerga manchesterliklardan tashqari “Liverpul”, “Everton”, “Napoli”, “Inter” va “Lion” kabi jamoalar ham xaridor bo‘lyapti.
Fikrlar