
MYu yulduziga uchta grand xaridor
“Manchester Yunayted” pleymeykeri Xuan Mata mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Angliyadan ketishga qaror qilgan ispan futbolchisini Italiyaning uchta grandi o‘z safida ko‘rmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 32 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga “Yuventus”, “Inter” va “Roma” ko‘z tikmoqda.
Mataning o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Sulsher jamoasini tark etishni rejalashtirgan. O‘z navbatida, Mata “Manchester Yunayted” rahbariyati futbolchi bilan shartnomani avtomatik tarzda bir yilga uzaytirish huquqidan foydalanmasdan, uni boshqa klubga qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda Xuan Mata Angliya premer-ligasida ettita uchrashuvda qatnashib, jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.
Fikrlar