
MYu yarim himoyachisi jarohatdan tuzalib, mashg‘ulotlarga qaytdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu jarohatdan so‘ng jamoaning asosiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda ichki manba Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.
Maynu 15 fevral kuni "Manchester Yunayted" mashg‘ulotida jarohat olgan edi – dastlab u taxminan ikki hafta maydondan chetda qolishi kutilgandi.
Ma’lumot uchun, 19 yoshli yarim himoyachi oxirgi marta 7 fevralda "Lester"ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.
Fikrlar