
MYu va "Tottenxem" "Yuventus" futbolchisi uchun kurashadi
Angliyaning ikki grand klublari "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" "Yuventus" yarim himoyachisi Emre Janni qo‘lga kiritish uchun kurashishmoqchi.
Shuningdek Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun Bundesliga klublari "Borussiya Dortmund" va "Bavariya" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berib o‘tgan edik.
Joriy mavsumda 26 yoshli Jan A Seriya chempionlari libosida 8 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq gollik vaziyatlarda ishtirok etmagan.
Fikrlar