MYu muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 16 dekabr, 2024, 17:32
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xarri Maguayr va "Manchester Yunayted" yangi shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.

Tecno

Haftasiga 190 ming funt sterling maosh oladigan futbolchining amaldagi shartnomasi olti oydan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. Biroq, klub shartnomani uzaytirish imkoniyatiga ega

- Hozirgi paytda barchasi ijobiy davom etmoqda. Samarali muloqot olib borilyapti, - dedi Maguayr.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda ingliz futbolchisi APLda 9 ta o‘yin o‘tkazdi. U 2019 yildan buyon "Manchester Yunayted" safida to‘p tepib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!