
MYu Milinkovich-Savichning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
"Manchester Yunayted" serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichning transferi bo‘yicha "Latsio" bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar sport direktori “qizil iblislar” bilan ushbu transfer masalasini muxokama qilish uchun Angliyaga uchib kelgan. Aytish kerakki, Milinkovich-Savich MYudan ketishi kutilayotgan Pol Pogbaga munosib o‘rinbosar sifatida qaralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Milinkovich-Savichga PSJdan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lgan edi. Biroq, yakunda “Latsio” so‘ragan 80 million evro parijliklar uchun qimmatlik qildi va ular transferdan voz kechishdi.
Fikrlar