
MYu "Brentford"ga qarshi eng yosh tarkibini maydonga tushirdi
Yakshanba kuni "Manchester Yunayted" safarda "Brentford"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvda "qizil iblislar" 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Qizig‘i shundaki, Ruben Amorim mazkur bahs uchun kutulmagan tarkibni maydonga tashladi.
Opta analitik dasturining ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkibidagi futbolchilarning o‘rtacha yoshi 22 yosh va 270 kunni tashkil etgan. Bu Angliya Premer-ligasi tarixidagi uchinchi eng yosh tarkib hisoblanadi.
Bungacha faqat "Arsenal" (22 yosh va 237 kun, 2009-yil may oyida "Portsmut"ga qarshi) va "Midlsbro" (20 yosh va 181 kun, 2006-yil mayda "Fulxem"ga qarshi) yoshroq tarkib bilan o‘ynagan ekan.
O‘ttiz beshta turdan so‘ng, MYu Angliya chempionatida 39 ochko to‘plagan holda 15-o‘rinni band etib turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 9 may kuni Evropa ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Atletik Bilbao"ga qarshi javob uchrashuvi bo‘ladi. Birinchi o‘yinda manchesterliklar mehmonda yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Fikrlar