
MYu "Barselona" himoyachisi uchun 70 million evro to‘lashga tayyor
Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Andreas Kristensen Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Ilgari u "Tumanli Albion"da Londonning "Chelsi" jamoasi sharafini himoya qilgan.
"Fichajes" nashri xabariga ko‘ra, daniyalik himoyachini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Qizil iblislar” ustozi Erik ten Xag bu kelishuv tashabbuskori hisoblanadi. Mankunianliklar Kristensenning transferi uchun 70 million evro ajratishga tayyor.
27 yoshli himoyachi 2022 yilning yozida "Barselona"ga o‘tgan edi. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar