
MYu “Arsenal” rejasini chippakka chiqardi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xagning tanlovi “Arsenal” kutayotgan transferga xalaqit qildi.
Niderlandiyalik mutaxassis klub rahbariyatidan “Ayaks”da o‘ynayotgan Lisandro Martinesni olib kelishni talab qilmoqda. Bu o‘yinchini “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta ham kutmoqda va uning yordamida maydon markazini kuchaytirmoqchi bo‘lyapti.
Manchesterliklar Martines uchun niderlandiyaliklar talab qilayotgan 45 million evro to‘lashga rozi bo‘lgan.
“Arsenal” esa yaqinda o‘zi mo‘ljallagan ikki o‘yinchi – Rafinya va va Dias uchun kurashda “Chelsi2ga imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar