
Murod Xonto‘raev xotirasiga bag‘ishlab turnir tashkil etildi
Poytaxtimizda marhum MMA jangchisi Murod Xonto‘raev xotirasiga bag‘ishlangan Yakkasaroy tumani prokurori kubogi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Musobaqa muay-tay sport turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil qilindi. Turnirining ochilish marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etib, bu kabi tadbirlar M.Xonto‘raev kabi xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan mard yigitlarning kashf etilishida, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Reglament bo‘yicha, turnirda 10 ta jang tashkil etildi. O‘z vazn toifasida g‘olib bo‘lgan muay-taychilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar