Mujibullo Tursunovning ham “IBA chempionlar oqshomi"dagi raqibi ma’lum bo‘ldi!

  • 29 mart, 2024, 20:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 14 aprel kuni Toshkentda katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.  “IBA chempionlar oqshomi”ning markaziy jangida Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi jang qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi, Jahon terma jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Hozirga kelib, bokschilarimizning raqiblariga oydinlik kiritilmoqda. Jumladan, Mujibullo Tursunov ham ushbu kechada ringga ko‘tariladi. Bokschimizning bizga ma’lum qilishicha unga tanzaniyalik Juma Choki (8-0-1,3 KO) raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Qolgan bokschilarimizning raqiblarini ham tez orada e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!