
Muhammad Saloh Angliyaga qaytmoqda
Xabaringiz bor, "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Afrika Millatlar kubogida ishtirok etish uchun Misr terma jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgandi. Ammo u Angliyaga qaytishga qaror qildi.
Ganaga qarshi uchrashuvning 45-daqiqasida zaxiraga olingan Salohning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. U jamoasiga qolgan o‘yinlarda yordam bera olmasligi ma’lum bo‘lgach, forvard Liverpulga uchib ketishiga to‘g‘ri keldi.
Ammo 31 yoshli futbolchi turnirning so‘nggi bahslarigacha sog‘ayishi mumkin. Agarda misrliklar Afrika Millatlar kubogining finaliga chiqa olsa, Saloh jamoaga yorda bera oladi.
Rui Vitoria shogirdlari ortda qolgan ikki turda ham durang o‘ynab, 2 ochkoni qo‘lga kiritdi. 3-tur esa guruh peshqadami Kabo-Verdega qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar