
Mourino va Shomurodovni jiddiy sinov kutmoqda
Bugun Italiya chempionati 33-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Roma" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.
Neapolda o‘tkaziladigan bellashuv ikki jamoa uchun muhim hisoblanadi. Mezbonlar kuchli uchlikda bormoqda. Joze Mourino shogirdlari esa evrokuboklardan tushib qolmaslik uchun kurashadi. Raqib ancha jiddiy, shu bois Eldor Shomurodov jamoasini jiddiy sinov kutmoqda. Chempionat yakunlanib bormoqda. Boy beriladigan har bir ochko jamoa zarariga ishlaydi. Buni esa hech kim istamaydi.
"Napoli" A Seriyada "Milan" va "Inter"dan so‘ng 3-o‘rinni egallagan. Rimliklar esa 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar