
Mourino: Turindagi mudofaa devori oldida kutilganidan ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdik
Joze Mourino "Roma" "Yuventus" bilan tengma-teng o‘ynadi, deb hisoblaydi (0: 1).
"Turindagi mudofaa devori oldida biz kutilganidan ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdik. 0:0 hisobida tanaffusga borish uyat edi. Sababi, birinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynadik va 3-4 ta xavfli vaziyat yaratdik. Dibala hamda hujum markazidagi futbolchi raqibga ko‘plab muammolar yaratdi.
Shundan so‘ng biz gol urolmadik va rikoshet orqali gol o‘tkazib yubordik. Hamma narsa qiyinlashadi. "Yuventus" yanada chuqurroq o‘ynashni boshladi. Bu devorni zabt etish o‘ta murakkab edi", - dedi "bo‘rilar" ustozi.
Fikrlar