Mourinoga Ronaldudan Shomurodov ma’qul!

  • 2 iyun, 2022, 20:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Evropa ligasi g‘olibligi uchun kurashishga shaylangan “Roma”da yozgi transferlar vaqtida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bosh murabbiy Joze Mourino kelasi o‘zi ishlamoqchi bo‘lgan futbolchilarni saralab bo‘ldi, endi kuchaytirilishi kerak bo‘lgan pozitsiyalarga yangi ijrochilari olinadi.

Tecno

Yaqinda Evropa matbuoti “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Roma”ga o‘tishi mumkinligi haqida yozgan edi. Har holda uning agenti Jorje Mendesh Joze Mourino manfaatlarini ham himoya qiladi va “Roma”ga bir necha futbolchi etkazib bergani Ronalduning Rimga kelishi mumkinligidan dalolat berardi.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://footballnews24.it  saytining yozishicha, Joze Mourino Krishtianu Ronalduni Rimga kelishiga qarshi chiqqan. Portugaliyalik mutaxassis asosiy hujumchi Temmi Abraxam yonida yana bir kuchli forvard to‘p tepishini istayapti. Lekin bu Ronaldu bo‘lmaydi.

Ikkinchi tomondan, Mourino o‘zi o‘tgan yozda transferini so‘ragan Eldor Shomurodov jamoada qolishini ta’kidladi. Ronaldu va Shomurodov bitta pozitsiya vakillari ekanini inobatga olsak, portugaliyalik mutaxassis o‘z hamyurtidan ko‘ra, o‘zbek legioneri bilan ishlashni ma’qul ko‘rmoqda.

large_14

Shu tomondan, Eldorning oldida yana bir muhim bosqich turibdi. Uni bir mavsum davomida “Roma”ga moslashib olgan, deb qabul qilamiz. Har holda mavsum oxiridagi o‘yinlari shundan dalolat bermoqda. Shomurodov kelasi mavsum qudratli jamoalar qatoriga yorib kirishga urinayotgan “Roma”ning bir bo‘lagiga aylanishi shart.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”da qolgani ma’qul. Chunki o‘tgan mavsum tarkibida shunday yulduz bo‘lgan jamoa ham o‘z maqsadlariga etisha olmasligini ko‘rsatdi. Hozir bir yulduzga bog‘langan jamoalar emas, balki jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘ygan murabbiylar yutmoqda. Buni “Real”, “Manchester Siti”, “Liverpul” kabi klublarga qarab ham bilib olsa bo‘ladi.

Mourino yosh o‘yinchiga imkon beradi

Kelasi mavsum bosh murabbiy Joze Mourino ishonchini oqlashi kerak bo‘lgan o‘yinchilardan biri Edoardo Bovedir.

20 yoshli futbolchi Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bove yarim yil oldin jamoa bilan yangi shartnoma tuzib, asosiy tarkib a’zosiga aylandi.

Joze Mourino katta umid bildirayotgan bu futbolchi katta futboldagi debyut mavsumila 13 marotaba maydonga tushib, hatto A Seriya o‘yinlarida bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Bovening yangi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Kelasi mavsum murabbiylar shtabi unga ko‘proq imkon berishga qaror qilgan.

Garchi Boveni ijaraga olmoqchi bo‘lgan klublar safi kengayib borayotgan bo‘lsa-da, Mourino uni kelasi mavsum jiddiy sinovdan o‘tkazmoqchiligi uchun klub rahbariyati Boveni jamoada olib qolishga majbur bo‘lmoqda.

55e72024d042e7a98976e90df35d910a621143041a09b066334128

“Roma”ga raqib o‘yinchisi kerak

“Sassuolo”ning 22 yoshli yarim himoyachisi Davide Frattezi yakunlangan mavsum kashfiyotlaridan bo‘ldi.

Aslida bu futbolchi “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Rimliklar yosh iste’dod egasini 2017 yili besh million evro evaziga “Sassuolo”ga sotib yuborgan edi.

Markaziy yarim himoyachi A Seriyada o‘ynash darajasiga etgunga qadar “Askoli” va “Montsa” kabi klublarda ijarada to‘p tepdi. Nihoyat, yakunlangan mavsumda “Sassuolo”ning asosiy o‘yinchilari qatoriga qo‘shildi.

Salciomercato.com saytining ma’lum qilishicha,  Frattezi “Roma” o‘yinchilari Brayan Kristante va Janluka Manchini manfaatlarini himoya qilayotgan agentlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi. Ayni paytda “Roma” mutasaddilari har ikki futbolchi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha agentlar bilan muzokara olib bormoqda.

Ular ana shu hamkorlik asosida o‘zlari tarbiyalagan Davideni ortga qaytarish masalasini ham ko‘rib chiqmoqchi. Bundan tashqari, Frattezi transfer huquqining 30 foiziga hamon Rim klubi egalik qilayotgani ham ishni osonlashtiradi.

Frattezi jami 38 ta o‘yinda to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

1649923082_inter3

Shomurodov haqiqiy jangchi, lekin...

To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?

Legionerlarimiz “yorvordi”: Debyut, assist va uchta gol!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!