Mourino "Roma"ni kuchaytiradigan futbolchi oladi

  • 27 mart, 2022, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino o‘z jamoasida “Lill”da to‘p tepayotgan portugaliyalik yarim himoyachi Renatu Sancheshni ko‘rmoqchi.

Tecno

Rim klubi yozda maydon markazidagi pozitsiyalarni kuchaytirishga qaror qilgan. 24 yoshli portugaliyalik futbolchi ana shu maqsadda olib kelinishi kutilmoqda. IL Tempo va IL Messaggero gazetalari sport direktori Tyagu Pinto bu o‘yinchi transferi bo‘yicha ish boshlaganini xabar qildi.

Sancheshning Rimga ko‘chib kelishida “Roma”ga ega qiluvchi Fridkinlar oilasining “Lill” xo‘jayini Alessandro Barnaba bilan do‘stona aloqalarga ega ekani ham asosiy omillardan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Frantsiyalar klub byudjetini mustahkamlash uchun portugaliyalik yulduzini 15-20 million evro atrofidagi summaga sotishi kutilmoqda. Bu o‘yinchining yillik maoshi 4 million evroni tashkil qiladi va bu summa Rim klubini qoniqtirmoqda.

Renatu bu yilgi chempionatda 18 marotaba maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli pas uzatdi.

Portugaliyalik charm to‘p ustasi “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Bavariya” va “Suonsi” sharafini ham  himoya qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!