Mourino “Roma”ga qimmat o‘yinchi oladigan bo‘ldi

  • 31 oktabr, 2022, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino maydon markazini mahoratli futbolchi bilan kuchaytirishga qaror qildi. Aslida ana shu maqsadda olingan Jorjino Veynaldum og‘ir jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan va maydonga qaytganida ham endi qanday o‘ynashi katta so‘roq ostida turibdi.

Portugaliyalik mutaxassis maydon markazidagi mas’uliyatni vazifani Ussem Auarga topshirmoqchi.

“Lion” etakchisiga anchadan beri turli jamoalar qiziqish bildirib kelmoqda. “Roma” frantsiyalik yarim himoyachini olish uchun “Betis” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Auarning klub bilan shartnomasi yozda tugaydi. Lekin “Lion” mutasaddilari uni tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun yanvarda sotib yuborishga qaror qildi. “Betis”da bu transfer uchun pul yo‘qligi aytilmoqda.

Agar “Roma” Auarni oladigan bo‘lsa, 45 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!