Mourino murojaat bilan chiqdi

  • 5 may, 2022, 14:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa Konferentsiyalar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Lester"ga qarshi bahs oldidan muxlislarga murojaat qildi.

Tecno

"Maqsadimiz - finalga chiqish, bu uchun hammamiz kurashishga tayyormiz. Muxlislar bizga katta yordam beradi. Ular "Roma" uchun fantastik muhit yaratishiga ishonaman. Kelganimdan beri o‘tgan 10 oy davomida biz juda ko‘p yaxshi va yomon damlarni boshdan kechirdik.

Biz nafaqat o‘zimiz, balki tomoshabinlar uchun ham o‘ynaymiz. Agar stadionga 70 ming muxlis kelsa, bu umuman ajoyib narsa! Shuningdek, biz ulardan shunchaki o‘yingohga kelishini emas, bizni qo‘llab-quvvatlashini so‘raymiz",-dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, tomonlarning Angliyada o‘tgan qarama-qarshiligida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!