Mourino kimni kutyapti?

  • 8 avgust, 2020, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” rahbariyati Bundesligada ajoyib o‘yinlari bilan katta klublar e’tiborini qozongan “Bayer” etakchisi Leon Beylini tarkibga qo‘shib  olmoqchi.

Tecno

22 yoshli yarim himoyachining o‘zi ham kuchli klublarda to‘p surishni istamoqda va ana shu maqsadda o‘z agentini almashtirdi. Hozir yamaykalik futbolchining ishlarini Edi Uord yuritadi. Bu mutaxassis “Bavariya”dagi Kingsli Koman va “Manchester Siti”dagi Rahim Sterling manfaatlarini ham himoya qiladi.

Joze Mourino tanlagan futbolchi uchun “Bayer” 40 million evro so‘ramoqda. Beyliga “Everton” va “Arsenal” ham da’vogar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!