
Mourino “Jenoa”ni qabul qilib olgan Shevchenkoga maslahat berishni istamadi!
“Roma” Italiya chempionatining keyingi turida “Jenoa” mehmoni bo‘ladi. Genuya klubi bosh murabbiy Davide Ballardinini iste’foga chiqarib, o‘rniga ukrainalik mutaxassis Andrey Shevchenkoni tayinladi.
“Jenoa” o‘zbek futboli muxlislariga begona emas. Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyatini shu jamoadan boshlagan. Bo‘lajak o‘yin legionerimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jurnalistlar Joze Mourinodan Andrey Shevchenkoga qanday maslahat berishini so‘rashdi.
- Men Shevchenkoga maslahat bermayman, lekin bor yaxshi tilaklarimni yo‘llayman. Bizning munosabatimiz juda yaxshi va bir birimizni hurmat qilamiz.
Shevchekoda Ukraina terma jamoasida ishlash tajribasi bor. Evropa chempionatida ishladi. Murabbiy sifatida katta baza to‘plab oldi. Murabbiylik futbolchi bo‘lish emas. Hozir odamlar unga superfutbolchi emas, balki tajribali murabbiy sifatida qarayapti, - dedi Joze Mourino.
“Jenoa” va “Roma” uchrashuvi 21 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar