
“Roma” finaldagi raqibning ikki o‘yinchisini olib qo‘ymoqchi
“Roma” Konferentsiyalar ligasining finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan kuch sinashadi.
25 may kuni Albaniyaning Tirana shahri mezbonlik qiladigan bellashuvda Joze Mourino jamoa sport direktori Tyagu Pinto unga olishni taklif qilayotgan ikkita futbolchi o‘yinlarini bevosita ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tyagu Pinto argentinalik markaziy himoyachi Markos Senezi va turkiyalik yarim himoyachi Orkun Ko‘kchuni olishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli Senezi mavsum davomida 47 marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist qayd etdi. Uning transferi 12 million evroni tashkil qilmoqda.
21 yashar Ko‘kchu esa 48 ta o‘yinda to‘qqizta gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi. Iste’dodli markaziy yarim himoyachini olish uchun rimliklar 17 million evro sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar