
Mourino final oldidan: "Ketma-ket ikki evrokubok finaliga chiqishni faqat katta klublar qila oladi"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Sevilya"ga qarshi Evropa ligasi finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Rim - futbol shahri. U erda kattaroq narsalarga egalik qilish haqida o‘ylashadi.
Ketma-ket ikki evrokubok finaliga chiqishni faqat katta klublar qila oladi. Men shaxsiy g‘alabalar haqida emas, "Roma" muxlislariga sovg‘a tayyorlash to‘g‘risida o‘ylayapman.
Odamlar meni yoshimga qarab, katta deb o‘ylashlari mumkin. Chunki anchadan beri futboldaman va sochlarim oqarganini hamma ko‘rib turibdi.
Futbolchilarga doimo borlarini berib, maydonda to‘p tepish kerakligini aytib kelaman. Shuning uchun ham muxlislar bizni hurmat qiladi. Biz tarix yaratish uchun har kuni qattiq mehnat qilamiz", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar