"Moscow Grand-Prix Final". Tursunqulovada alamli mag‘lubiyat

CHERY AUTO

Rossiyada taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi start oldi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik ikki nafar taekvondochi Nikita Rafalovich va Nigora Tursunqulova ishtirok etmoqda.

Tecno

Nigora Tursunqulova 1/8 finalda xorvatiyalik Matea Yelich bilan to‘qnash keldi. 3 raund davomida katta ustunlik hamyurtimiz tomonida bo‘ldi. Bahs tugashiga 20 soniya qolganida Tursunqulova 8:5 hisobida oldinda edi. Afsuski so‘nggi soniyalarda xorvatiyalik sportchi g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirib oldi - 10:8.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!