
"Monako" Osiyodagi milliy chempionatlarning birida to‘purarlik qilayotgan forvardni ko‘zlamoqda
Qatarning "Al-Sadd" klubi xujumchisi Bag‘dod Bunedja faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bunedja Afrika kubogidagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng, "Monako" va bir qator Evropa klublari e’tiborini tortgan.
Frantsiyaliklar bosh murabbiyi Leonardu Jardim 27 yoshli forvardga shaxsan qiziqish bidirgan. Transferning qiymati 15 mln evroga baxolanmoqda.
Aljirlik futbolchi bilan "Al-Sadd"ning shartnomasi 2024 yilga qadar mo‘ljallangan.
Forvard klub miqyosida 22 ta bellashuvda maydonga tushib, 39 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar