
Mohinabonu Abdullaeva mo‘g‘ulistonlik raqibini mag‘lub etib, oltin medal sohibasiga aylandi
Boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bahslari davom etmoqda. -63 kilogram vazn toifasida hamyurtimiz Abdullaeva Mohinabonu mo‘g‘ulistonlik Tsetsegdari Migmarsvrenga qarshi ringga ko‘tarildi.
Vakilamiz birinchi raundi to‘liq o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda Mohinabonu kichik farq bilan mo‘g‘ulistonlik raqibga imkoniyatni boy berdi. Hal qiluvchi raunddagi ustunlik yakunda hamyurtimizning g‘alabasini ta’minladi.
Shunday qilib, ayollarimiz ushbu Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar