
Modrichning "Real"ni tark etish ehtimoli yuqori
Xabaringiz bor, Luka Modrichning "Real" bilan tuzilgan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi. Uning kelajagi noaniq bo‘lib turgandi, lekin endi yarim himoyachi jamoani tark etishi aniqlashib bormoqda.
"Relevo" nashri xabar berishicha, 38 yoshli xorvat qolishi uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham tayyor, lekin klub unga yangi bitim taklif qilmayapti, ya’ni yarim himoyachiga kelasi mavsum tarkibdan joy topilmaydi.
Modrichning ketishi Arda Gyulerga yangi mavsumda ko‘proq o‘ynash imkonini beradi. Ushbu mavsum turkiyalik xavbek kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi.
Luka 2012 yili 35 million evroga "Tottenxem"dan sotib olingandi. U madridliklar bilan 5 marta EChL, 4 ta La Liga va 4 ta Ispaniya kubogi sovrinlariga ega chiqdi. Shu bilan birga, "Oltin to‘p"ni ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar