
Modrich terma jamoadagi faoliyatini qachon yakunlamoqchi?
Xorvatiya jahon chempioanatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, ketma-ket ushbu natijani takrorlagan kam sonli terma jamaolar qatoriga qo‘shildi. Ular 3-o‘rin uchun kurashda Marokashni mag‘lub qildi. O‘yindan keyin Luka Modrich qachon terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirdi.
“Mening rejam – Millatlar Ligasida o‘ynash. Keyin Evro-2024 saralash bosqichida ham terma jamoada bo‘lishim mumkin. Shundan so‘ng o‘ylab ko‘raman”, - dedi 37 yoshli yarim himoyachi.
Modrich 2006 yildan beri Xorvatiya libosida maydonga tushib kelmoqda. U o‘tgan jahon chempionatida turnirning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.
Fikrlar