
Mitrovich: "Al-Hilol" "Real"ga o‘xshaydi
Aleksandr Mitrovich Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgani haqida gapirdi.
Serbiyalik forvard shu yozda "Al-Hilol" safiga kelib qo‘shilgandi. U yangi ligada 4 bellashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Saudiya Arabistonida baxtlimisiz yoki Premer-ligani sog‘indingizmi?
- "Al-Hilol"dan taklif tushgach, bu haqda oilam bilan gaplashdim. Rad etishning iloji yo‘q. Men Angliyani sog‘inmayapman. U erda ko‘p yillar o‘ynadim.
- Nihoyat top-klubga o‘tganimdan xursandman. "Al-Hilol" Evropadagi "Real"ga o‘xshaydi.
- Chempionat hali APL darajasida emas. Biroq bu erda odamlarning futbolga bo‘lgan qiziqishi meni hayratga soldi.
Fikrlar