
Misr - O‘zbekiston: Hayot mamot jangidan matnli translyatsiya
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Birozdan so‘ng O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatining uchinchichi turidan o‘rin olgan Misrga qarshi o‘yini boshlanadi. Bahsni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.
0. URAAAAAAAAA! Terma jamoamiz keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qoyil yigitlar!. MOLODETs!
1. VAAAY! ELIBOEVVV! termamizni goldan qutqardi!
1 O‘yin davom ettirilladi!
1. Misr bosh murabbiyi taym-aut oldi.
2. Muhammad Sayidning zarbasi ancha balandga ketdi
3. Termamiz ayni damda himoyalanmoqda.
5. Hamroev to‘pga ulgurmay qoldi yo‘qsa xavfli vaziyat sodir etilardi
5. Misr futbolchilari oddiy vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Yigitlar foydalanish kerak.
6. GOOOOOOOOOOL! SUPERGOOOOOL! Anasxon Rahmatooov! Autdan uzatilgan havodagi to‘pni to‘xtatmay darvozaga joylab qo‘ydi.
8. VUUUH! Xavfli vaziyat. Misr futbolchisining zarbasi darvozaning yonginasidan o‘tib ketdi
9. Penalti yo‘q!
9. Termamiz foydasiga penalti belgilanishi mumkin. Raqib futbolchisi termamiz a’zosini ushlab oldi.
10. Akbar Usmanovning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi
11. Rahmatov ogohlantirildi!
11. Mashrab Odilov standar vaziyatdan tshpni Rahmatovga oshirdi. Dilshod tepgan to‘pi himoyachiga tegib qaytdi.
12. VAAAY! Qanday imkoniyatdan foydlana olmadik. Choriev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Posbon masofani qisqartirdi va to‘pni egallab oldi.
13. Muhammad Sayidning jarima to‘pidan yo‘llagan zarbasini Eliboev qaytardi
13. Hamroev qo‘pollik ishlatdi!
14. Dilshod Rahmatov oldinga o‘tishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Futbolchimiz to‘pni o‘ziga moslashtira olmadi.
16. Choriev hujumda fol ishlatdi
17. Nishonov o‘tkir burchakdan noaniq zarba berdi.
18. Misr durang uchun o‘ynashni boshlab yubordi.
19. Anasxon Rahmatovning zarbasi ko‘ngildagidek chiqmadi. Aniqlikni oshirish kerak yigitlar!
20. Ikkinchi taym boshlandi!
0. Birinchi bo‘lim yakunlandi!
1. GOL! Ixtiyor Ropievning xatosidan so‘ng Misr terma jamoasi futbolchisi Mustafa Iyd unumli foydalandi
1. O‘yin davom etadi.
1. Misr terma jamoasi bosh murabbiyi taym-aut oldi.
2. Autdan uzatilgan pasdan so‘ng Rahmatvo kuchli zarba yo‘lladi, darvozabondan seyv!
3. Akbar Usmonovga nisbatan qoida buzildi.
3. VAAAAYYYY! Anasxon Rahmato olis burchakni nishonga oldi, afsuski biroz noaniq
4. ZARBAAAA! Tarek Sholaning yaqin masofdaan yo‘llagan zarbasini Ravshan Eliboev qaytardi.
5. Chorievga nisbatan qo‘pollik ishlatildi.
6. Essamning uzoqdan yo‘llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi
6. O‘yin davom ettiriladi!
6. O‘zbekiston terma jamoasi taym-aut oldi.
8. Ropiev to‘pni Davron Chorievga etkazdi. Chorievdan himoyachi tezkorlik qilib to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
10. Usmanov to‘pni o‘ziga bo‘ysindira olmadi, aks xolda xavfli vaziyat sodir etishi mumkin edi
11. Misr futbolchisidan zarba, Eliboevdan seyv!
12. Mashrabjon Odilovning zarbasi kuchli, biroq noaniq chiqdi
12. Misr futbolchisi Muhammad Mansur ogohlantirildi
13. Misr termasi jonlandi. Yigitlarimizdan faolroq o‘yin kutamiz.
13. Yo‘q penalti!
13. Termamiz darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. Hakam VARga murojaat qilmoqda.
15. Essam Allaning kuchli zarbasi rikoshet orqali darvoza to‘siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Yaxshi zarba bo‘lgan edi.
16. VAAAAH! Terma jamoamiz tezkor qarshi hujumga o‘tdi va qulay imkoniyatdan Rahmatov foydalana olmadi. Afsus!
17. Nishonov kichik jarohat oldi va zaxiraga olindi.
18. GOOOOOOOOOOOL! Nishonov autdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Qani boshladik yigitlar!
19. Terma jamoamiz hozircha to‘pni nazorat qilmoqda. Mayda paslar bilan hujum boshlamoqchi.
20. Uchrashuvga start berildi!
0. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.
Fikrlar