Mirazizbek Mirzahalilov ringga chiqmasdan turib, yarim finalda g‘alaba qozondi

  • 15 may, 16:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Polshaning Varshava shahri "World Boxing" tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada jamoamiz ham ishtirok etyapti.

Tecno

Hozirga qadar 3 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan edi. Ular qatoriga yana bir bokschimiz kelib qo‘shildi.

-55 kg vaznda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yarim final bahsi, mo‘g‘ilistonlik Lunda Gantumurning jangdan bosh tortganligi sababli o‘tkazilmaydigan bo‘ldi va g‘oliblik Mirazizbek Mirzahalilovga topshirildi.

Ma’lumot uchun, oldinda bizni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Mo‘g‘iliston vakili Mishelt Battumur to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!