
Miochichga "UFC Taysoni" raqiblik qiladi
ESPN jurnalisti Ariel Xelvani UFC og‘ir vazn toifasi chempioni Stipe Miochichning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi haqida aytdi.
"Promoushen Miochich 2021 yilning martida Frensis Ngannuga qarshi oktagonga ko‘tarilishini xohlamoqda. Yaqinda UFC vakillari xorvatiyalik sportchi bilan himoya jangi haqida gaplashib olgan.
Hozircha, hech narsa aniq bo‘lmagan, ammo jang ustida ish olib borilmoqda.
Menga ma’lum bo‘lishicha, UFC 2021 yilning yozida ushbu jang g‘olibini Jon Jonsga qarama-qarshi kelishini istayapti.
Miochich so‘nggi 3 yil ichida, o‘rtacha yiliga 1 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Ngannuda 39 soniyani tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bizni ajoyib jang kutmoqda," - dedi Xelvani.
Fikrlar