Milliy ATFC (Amir Temur Fighting Championship) promoushenining ilk turniri sanasi va birinchi juftligi ma’lum

  • 23 aprel, 2021, 10:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yurtimizda ilk va tarixiy promoushen tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Ya’ni, O‘zbekiston yakkakurash olamining yorqin vakili Muzaffar Radjabov asos solgan “Amir Temur” klubi qoshida ATFC (Amir Temur Fighting Championship) promousheni o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu promoushenning imkoniyati yuqori desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki jahonning nufuzli shunday tashkilotlari, promouterlik kompaniyalari bilan hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan.

Tecno

Mazkur milliy promoushen 27 inyun kuni Buxoro shahrining Romiton tumanidagi “Oazis” dam olish maskanida ilk “ATFC 1” turnirini tashkil etadi. Bugunga kelib, ushbu turnirning ilk juftligi ma’lum bo‘ldi. O‘sha kungi tashkil etiluvchi jang kechasida hamyurtimiz Sharif Qo‘shaev rossiyalik Murod Ibragimovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu kechada 10 ta MMA va 5 ta professional kikboksing janglari tashkil qilinadi. Shuningdek, ushbu jang oqshomidan super janglar ham o‘rin olgan. Bu haqida tez orada ma’lumot beramiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Buxoroda tarixiy promoushen tashkil etildi (Video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!