
"Milan"ning sobiq futbolchisi: "Zamonaviy futbolda gol urish ancha oson"
Niderlandiya milliy terma jamoasi va "Milan" klubining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf zamonaviy himoyachilar o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 48 yoshli mutaxassis Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti" - "Inter" uchrashuvidan so‘ng o‘yin muhokamasida ishtirok etdi.
"Gap shundaki, zamonaviy futbolda gol urish ancha osonlashdi. Himoyachilar to‘psiz ishlashdan ko‘ra to‘p bilan ishlashga ko‘proq e’tibor qaratishdi. Endi gol urish avvalgiga nisbatan ancha oson”, - dedi “Milan”ning sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorf.
Fikrlar