
"Milan" – "Inter". Taxminiy tarkiblar
Bugun Italiya A Seriyasining 28-turida muxlislar Milan derbisiga guvoh bo‘lishlari mumkin. Aniqrog‘i, bugun “Milan” hamshahari “Inter”ga qarshi maydonga tushadi.
“San-Siro”dagi uchrashuvni Marko Guida boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Quyida ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning taxminiy tarkibi bilan tanishtirib o‘tamiz:
"Milan" – "Inter"
Stadion: "San Siro" (Milan)
Boshlanish vaqti: 00:30
Bosh hakam: Marko Guida
"Milan": Donnarumma – Kalabriya, Mussakio, Romanoli, Rodriges – Bakayoko, Kese, Paketa – Suso, Chalxanoglu, Pyontek.
"Inter": Xandanovich – D’Ambrosio, Shkrinyar, De Vrey, Asamoa – Brozovich, Vesino – Perishich, Mario, Politano – Martines.
Fikrlar