
"Milan" Rakitich uchun 30 million evro to‘lashga tayyor
"Milan" klubi rahbariyati qishki transferlar davrida "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, xorvatiyalik futbolchi asosiy tarkibdagi rolini yo‘qotib qo‘ygani uchun “ko‘k-anor ranglilar” safidan ketmoqchi. Kataloniyaliklar esa uni 30 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Rakitichga “Inter” va “Atletiko” ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar