"Milan" hujumchisi mavsumni "Roma"da davom ettirishi mumkin

  • 2 yanvar, 2020, 13:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Milan” klubi forvardi Kshishtof Pyontek kishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning o‘z tvitter sahifasida yozishicha polshalik to‘purar mavsumni “Roma”da davom ettirishi kutilmoqda. Rimliklar davralar oralig‘ida o‘zlarining hujum markazini kuchaytirishmoqchi va bu borada aynan Pyontek nomzodi asosiy bo‘lib turibdi.

O‘z navbatida 24 yoshli futbolchi “Milan”ga Ibragimovich kelib qo‘shilgach jamoadan ketishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, Kshishtof joriy mavsum “Milan” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!