
"Milan" futbolchisini nemis klubiga sotib yubordi
"Milan" hujumchi Andre Silva jamoadan ketganligini e’lon qildi.
Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumni "Ayntraxt"da o‘tkazgandi va endi ushbu jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylandi.
Nemis klubining matbuot xizmati xabar qilishicha, forvard 2023 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
2019 yilning sentyabr oyida "Milan" futbolchini 2 yilga ijaraga bergani va evaziga Ante Rebichni olganligini ma’lum qilgandi.
2019/20 yilgi mavsumda 24 yoshli hujumchi Bundesligada 25 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va yana 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar