
"Metallurg" legioneri bilan hamkorlikni davom ettiradi
Yakuniga etgan chempionatda 10-o‘rinni band etgan “Metallurg” jamoasi ayni paytda qishki ta’tilda ekanini bilsangiz kerak. Shunga qaramay, klubning yangi mavsum uchun rejalari bor. Ayniqsa, selektsiya ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Saytimiz orqali yaqinda xabar berganimizdek, tarkibda yangi legionerlar ham paydo bo‘ladi. Shuningdek, bu yilgi chempionatning ikkinchi davrasidan “Metallurg” safiga qo‘shilgan Bosniya va Gertsegovina fuqarosi Kerim Palich 2023 yilgi mavsumni ham yana bekobodliklar safida boshlaydigan bo‘ldi.
Yarim himoyachi Palich bekobodliklar safida Superligada 12 ta uchrashuvda, Kubok doirasida esa 1 ta bahsda maydonga tushdi. O‘z o‘yini bilan yaxshi taassurot qoldirgani sababli klub rahbariyati 25 yoshli legioner bilan shartnomani uzaytirishga erishgan.
Fikrlar