
"Metallurg" daniyalik yosh chempionlarni mag‘lub etdi
Turkiyaning Antaliya shahrida qishki yig‘inini davom ettirayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun Daniyaning besh karra chempioni – “Vayle U-19” jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda bekobodliklar bosh murabbiyi Luisma Ernandes avvalgi ko‘rik o‘yinlarida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berdi.
O‘yin bekobodlik futbolchilarning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi. Bu esa yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. E’tiborga molik jihati, Daniya yoshlari darvozasiga gollarning ikkitasini “Metallurg”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Shahzodjon Ne’matjonov kiritdi. Yana bitta gol klubga yangi qabul qilingan iqtidorli hujumchi Jasur Ashurov hisobiga yozildi.
Ertaga “Metallurg” Turkiya safaridagi so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Bu galgi raqib Gruziya chempionatining so‘nggi bronza medali sovrindori “Dila” (Gori) jamoasi bo‘ladi.
Nazorat uchrashuvi
“Vayle U-19” (Daniya) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 1:3
“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Hakimxon A’lamxonov, Odilbek Abdumajidov, Ergash Ismoilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Muhammad Isaev, Jasur Ashurov, Shahzodjon Ne’matjonov, Shohnazar Norbekov, Zohid Abdullaev.
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Abrorbek Toshqo‘ziev, Farruh Ibrohimov, Farhod Bekmurodov, Damir Temirov, Muhammadali Aliqulov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboev, Zabihillo O‘rinboev, Shahzodbek G‘ofurbekov, Fozil Musaev.
Fikrlar