
Messining maoshi oshkor bo‘ldi
“Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri Xorxe Mas jamoaning yangi o‘yinchisi Lionel Messining maoshi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.
- Shartnomaga ko‘ra, Lionel Messi bir yilda 45 milliondan 55 million evrogacha maosh oladi. Bu darajadagi yulduz bilan kelishish uchun juda ko‘p vaqt sarfladik. Har doim uning otasi Xorxe bilan aloqani ushlab turdim.
Devid Bekxem Leo bilan faqat futbol haqida suhbatlashardi. Chunki o‘zi professional o‘yinchi bo‘lgan. Hech kim Messiga bosim o‘tkazgani yo‘q. Biz u bilan Barselonada, Mayamida, Rosarioda va Dohada ham gaplashdik.
Jahon chempionati vaqtida men Argentina terma jamoasi va Messining o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatdim. Apple bilan tuzgan bitimimiz Messi bilan kelishuvga erishishimizda muhim omil bo‘ldi, - dedi Xorxe Mas.
Fikrlar