
Bu futbolchi Messidan zo‘r!
Taniqli italiyalik murabbiy Fabio Kapello PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Lionel Messini o‘zaro taqqosladi.
- Messi butun faoliyati davomida va bir necha yillardan beri qilib kelgan ishini davom ettirmoqda. U fantastik futbolchi. Bir necha yillar davomida eng zo‘r o‘yinchi bo‘lib kelgan.
Lekin hozir Kilian Mbappe undan zo‘r. Chunki u juda kuchli, tezkor va ko‘p gol uryapti. Garchi unda Messidek “jodu” bo‘lmasa ham, ayni paytda eng yaxshi futbolchi Mbappedir, - dedi Fabio Kapello.
Lionel Messi yaqinda “Yilning Eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Laureus tanlovida amaldagi jahon chempioni ikki buyuk sportchi – Kilian Mbappe va tennischi Rafael Nadalni ortda qoldirdi.
Fikrlar