
Messi Yamalning o‘ynini baholadi!
"Inter Mayami" hujumchisi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi "Barselona"ning yosh iste’dodi Lamin Yamalning o‘yinidan katta taassurot olganini ta’kidladi.
— Lamin Yamalning ko‘rsatayotgan o‘yini, maydonda qilgan ishlari va yosh bo‘lishiga qaramay, erishgan yutuqlari juda ta’sirli. U 17 yoshidayoq Ispaniya bilan Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi.
O‘sishda davom etadi, professional futbolchi sifatida rivojlanadi va jamoaga o‘z hissasini qo‘shadi — xuddi men qilganim kabi.
Uning qobiliyatlari ajoyib va u allaqachon dunyodagi eng yaxshi futbolchilar qatorida, - deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik yulduz.
Fikrlar