Messi va Mbappe PSJ uchun o‘ynamaydi

  • 16 dekabr, 2022, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi jahon chempionati finalida PSJning ikki hujumchisi – Lionel Messi va Kilian Mbappe o‘zaro to‘qnash keladi. Hal qiluvchi bahs 18 dekabrga belgilangan.

Tecno

Shuningdek, Parij klubining yana bir vakili – marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi 17 dekabrda uchinchi o‘rin uchun bo‘ladigan bahsda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Le Parisien nashrining ma’lum qilishicha, “Pari Sen-Jermen” rahbariyati bu yil hisobidan bu uch futbolchidan foydalana olmaydi.

PSJ 2022 yildagi so‘nggi uchrashuvini 28 dekabr kuni “Strasbur”ga qarshi o‘tkazishi kerak. Jahon chempionatida oxirigacha etib kelgan uch futbolchi 1 yanvar kuni “Lans” bilan bo‘ladigan bahsni ham o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!