
Messi va futbolchilar PSJ xo‘jayinlaridan norozi
PSJ jahon futbolining mashhur yulduzlarini jamlaganiga qaramay, jamoadagi muhitni janvogar holatga keltira olmadi.
L'Équipe nashrining xabar berishicha, aksariyat o‘yinchilarga klub mutasaddilarining transfer siyosati yoqmayapti.
Xususan, Lionel Messi va Presnel Kimpembe rahbariyat yozda Leandro Paredes, Idrissu Guye va Yulian Drakslerni nega qo‘yib yuborganini tushunmaganini yashirayotgani yo‘q. Ularning o‘rniga olib kelingan Vitinya, Fabian Ruis va Karlos Soler jamoaga e’tirofga loyiq foyda keltirgani yo‘q.
Bundan tashqari, PSJ vakillari hujumchi Arno Kalimuendoni “Renn”ga sotib yuborib, o‘rniga Ugo Ekitike olib kelinganini ham hazm qila olmayapti.
Joriy mavsumda PSJ oldidagi asosiy vazifa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdan iborat. Lekin parijliklar nimchorak finalning dastlabki uchrashuvida o‘z maydonida “Bavariya”ga yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar